• Partiya

     (lot. pars, partis – qism, guruh) – muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh manfaatlarini ifodalovchi, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi tashkilot.

  • Nomzod

    Siyosiy partiyalar tomonidan qonuniy vakolat doirasida davlat hokimiyatining saylab qoʻyiladigan organlariga koʻrsatilgan shaxs. Siyosiy partiyalar tomonidan belgilangan nomzod saylovoldi tashviqoti davrida strategik qarorlar qabul qiluvchi asosiy shaxs sanaladi. Uning tashkilotchilik qobiliyati va imiji, bu boradagi bilim va tajribasi saylovoldi tashviqoti muvaffaqiyatini belgilab berishda eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

  • Majoritar saylov tizimi

    (fr. Majorite – ko‘pchilik) – uning asosini “ko‘pchilik tamoyili tashkil etadi. Bunday tizim, odatda, bin mandatli okruglarda amal qiladi va eng ko‘p ovoz olgan nomzod g‘olib hisoblanadi.

     

    Majoritar saylov tizimining ikki shakli mavjud, bular: nisbatan ko‘pchilik va mutlaq ko‘pchilik ovoz olish tizimlari. Birinchi shaklda nomzod mandat olish uchun raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim. Ikkinchi shaklda esa nomzod kamida ellik foiz (50%+1) ovozga ega bo‘lganidagina g‘alaba qozonadi. Agar nomzodlardan birortasi ham 50 foizdan ko‘p ovoz yig‘a olmasa, u holda ikkinchi tur saylovi o‘tkaziladi. Ikkinchi turda faqat eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod qatnashadi, xolos. Majoritar saylov tizimi proporsional saylov tizimidan ko‘ra ancha universal bo‘lib, uni nafaqat vakillik organlariga saylovlarda, balki prezident saylovlarida ham qo‘llash mumkin. O‘zbekiston Respublikasida majoritar saylov tizimi amal qiladi.

  • Koʻp partiyaviylik

    Mamlakat parlamentida koʻp oʻrinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha  siyosiy partiyalar mavjud boʻlgan siyosiy tizim.

  • Ishonchli vakillar

    Faollar va muayyan koʻngillilardan farqli ravishda huquqlarga ega boʻlgan shaxslar. Ular nomzod nomidan bayonotlar berishga, uning saylov platformasini tushuntirish va bu borada ommaviy bayonotlar berish, saylovchilar bilan uchrashishga haqlidir.

  • Demokratiya

    (yunoncha “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimning shakli.

     

    Demokratiya insonning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo‘lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilinib, fuqarolarning erkinligi, teng huquqligi e’tirof etiladi.

  • Aralash saylov tizimi

    Majoritar va proporsional saylov tizimlarining uygʻunlashuvidan hosil boʻlgan. Bu uygʻunlik parlamentning bir qismi – majoritar, boshqa bir qismi esa proporsional tizim asosida saylanishida namoyon boʻladi.