• Safarbarlik (mobilizatsiya)

    Saylovchilarning ongini, fikrini saylov targ‘ibotiga jalb etish orqali o‘zgartirish jarayoni.

  • Saylovchi

    Faol saylov huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Ovoz berishni o‘tkazish va saylov natijalarini aniqlash uchun faol saylov huquqiga ega fuqarolar saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

  • Saylovoldi tashviqoti

    Fuqarolar, deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, jamoat birlashmalarining saylovchilarni saylovda qatnashish, shuningdek, muayyan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab yoki ularga qarshi ovoz uchun tashviq etish maqsadiga qaratilgan faoliyat.

  • Saylov huquqi

    Davlat boshlig‘i, vakillik organlari va boshqalarni saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar.

  • Saylov tizimi

    Saylov o‘tkazish tartiblari hamda ularni o‘rnatuvchi huquqiy normalar yig‘indisi. U o‘z ichiga saylovni o‘tkazuvchi barcha huquqiy hujjatlar, saylov tizimi tamoyillari, fuqarolarning barcha saylov huquqlarini oladi.

  • Saylov kampaniyasi shtabi

    Saylov jarayonini boshqarish uchun tuzilgan kuchli boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan tuzilma. Saylov kampaniyasi boshlanish davrida har bir partiya har tomonlama moslashuvchan boshqaruv tuzilmasini ishlab chiqishi kerak. Shtab saylov asosiy tahliliy, tashkiliy va ijro etuvchi organ hisoblanadi. U saylovoldi faoliyatning barcha asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.

  • Saylov kampaniyasi targ‘iboti

    Saylovchilarni nomzodni qo‘llab ovoz berishi uchun undashga qaratilgan faoliyat

  • Saylov kampaniyasi reja-jadvalini tayyorlash

    Reja-jadval asosiy loyiha hujjati hisoblanadi. Reja-jadvalni ishlab chiqishga oid tavsiyalar: uni ikki bosqichga bo‘lib shakllantirish lozim.