• Ishontirish

    Saylovchilarning ongini, fikrini ijtimoiy tarmoqlar, OAV orqali o‘zgartirish jarayoni.

  • Internet-strategiya

    Nomzod yoki siyosiy partiyaning maqsadli guruhi bilan (onlayn auditoriya) aloqa o‘rnatish, samarali muloqot qilish va auditoriya sonini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli chora-tadbirlar majmui.

  • Katta voqealar strategiyasi

    Nomzodning saylovoldi tashviqoti borishini bepul ravishda yoritib boradigan OAV jurnalistlari diqqat-e’tiborini tortish va jalb etishga mo‘ljallangan harakatlar majmui. Bu holatda moliyaviy mablag‘lar va harakat qilish energiyasi sezilarli ravishda tejaladi.

  • Krayser strategiyas

    Saylovoldi tashviqotning boshidan yetakchilik qilayotgan, o‘zining mavqeyi va o‘rnini saqlashga intilayotgan nomzodlar tomonidan foydalaniladi.

  • Marginal

    (fr. maginal.) – chekkada turuvchi; ikkinchi darajali, oxirgi; siyosatshunoslikda – oldingi ijtimoiy aloqalarini yo‘qotgan, yangi hayot shart-sharoitlariga hali moslasa olmagan, muayyan ijtimoiy guruhlar orasida yoki chekkasida turgan ijtimoiy odam, jamiyatdan tashqarida qolgan: lyumpen,miskin va hokazo.

  • OAV monitoring

    Ma’lum muddat va aniq mezonlar asosida OAVni kuzatish, o‘rganish, tahlil qilish va shular asosida xulosalar berishga qaratilgan faoliyati.

  • Obraz

    Badiiy asarlarda yaratilgan qiyofa, ko‘rinish, tip, xarakter.

  • Parlamentdagi muxolifat

    Yangi shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturi yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhi.