Sayt test rejimida ishlamoqda

  • Axborot

    (informatsiya, lot informare – “ma’lumot”) – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

  • Artikulyatsiya

    (lot. articulation) – alohida-alohida bo‘linish nodavlat va jamoat tashkilotlari individlar va ijtimoiy guruhlarning tarqoq qarashlari, ijtimoiy ruhiy kechinmalari va umidlarini aniq va ma’lum siyosiy maqsadlar va talablarga aylantirish jarayoni.

  • Axborot borasidagi xavfsizlik

    Axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati.

  • Hujjatlashtirilgan axborot

    Identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.

  • Axborot madaniyati

    Jamiyatning axborot resurslari va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati.

  • Axborot makoni (axborot muhiti)

    Axborotni izlash, tahlil qilish, saqlash va tarqatish bo‘yicha texnikaviy hamda dasturiy vositalar, shuningdek, axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shart-sharoitlari majmuasi.

  • Axborot erkinligi

    Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlashga oid faoliyati. Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

  • Axborot-tahliliy ta’minot guruhi

    Sotsiologik tadqiqotlar olib borish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, okruglar pasportlarini tuzish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni tahlil qilishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislardan tashkil topgan guruh.