• Manzil guruhlari

    Elektoral ta’sir ko‘rsatish maqsadida tanlangan tor doiradagi ijtimoiy qatlamdir.

  • Legitimlik

    Aholi tomonidan hokimiyat institutlari faoliyatining qonuniy deb tan olinishi.

  • Demokratik kuchlar bloki

    Parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etish maqsadida o‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligi yoki mosligidan kelib chiqqan holda bir necha siyosiy partiyalar fraksiyalar o‘z sa’yi-harakatlarini birlashtirishi.

  • Elektorat

    Parlament, prezident yoki mahalliy saylovlarda muayyan partiyaga ovoz beruvchi saylovchilar toifasi, tarafdor tashkilotlar doirasi (lot.“elector”, ya’ni saylovchi so‘zini anglatadi). Keng ma’noda “butun mamlakatdagi barcha saylovchilar korpusi” tushunchasining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi.

  • Fuqarolarning saylov huquqi

    Har qanday davlat fuqarolarining davlat hokimiyati organlarga saylash va saylanish, shu jumladan nomzodlar ko‘rsatishda, saylovoldi tashviqotida ishtirok etish, saylovlarning o‘tishini, saylov komissiyalarining ishini, shuningdek boshqa saylov amaliyotlarini kuzatishdan iborat konstitutsiyaviy huquq.

  • Umumiy saylov huquqi prinsipi

    Qonunchilikka binoan saylov yoshiga toʻlgan fuqarolarning saylash, saylov bilan bogʻliq boshqa jarayonlarda ishtirok etish, qonunchilikda belgilangan yoshga toʻlgach davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanishni kafolatlovchi konstitutsiyaviy prinsip

  • Saylov texnologiyalari

    Kishilarning elektoral fe’l-atvoriga ta’sir ko‘rsatib, ularni biron-bir nomzodga ovoz berishga undash maqsadida qo‘llaniladigan vositalar yig‘indisi.

     

  • Passiv saylov huquqi

    Fuqarolarning vakolatli organ deputatligiga yoki saylab qo‘yiladigan davlat lavozimiga yoxud mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi lavozimga saylanish huquqi.