Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqtlari:
Ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar
Dam olish kunlari soat 11:00 dan 17:00 ga qadar
Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi:
1. Tegishli uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi;
2. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi;
3. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi;
4. Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi;
5. To‘ldirilgan saylov byulletenini konvertga soladi va yelimlab yopadi hamda yopiq konvertni uchastka saylov komissiyasi a’zosiga topshiradi;
6. Uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosi saylovchi hozirligida konvertning yopiqligini tekshiradi va konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, u komissiyaning muhri bilan tasdiqlanadi.
7. Konvert saylov kuni ovoz berish tugaguniga qadar uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish 16-oktabrdan 23-oktabr kunlari o‘tkaziladi.