O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1214 2023-yil 23-mart
O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 19-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalari ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev