№ 1185 REFERENDUM DAVRIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI AKKREDITATSIYADAN OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1185                                                    2022-yil  30-avgust

 

 

Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Referendum davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

Ilovani yuklab olish