Aziz vatandoshlar!
Muhtaram saylovchilar!
Sizlarni kirib kelgan Yangi, 2024-yil bayrami bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.
Xalqimiz uchun muvaffaqiyatlarga boy boʻlgan 2023-yilda mamlakatimizda inson qadrini yanada ulugʻlash, odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashiga erishish yoʻlida amalga oshirilayotgan buyuk islohotlar samarasida ulkan yutuqlar qoʻlga kiritildi. Haqli ravishda “Xalq Konstitutsiyasi” deb atalgan Asosiy qonunimiz referendum yoʻli bilan qabul qilindi. Jonajon Oʻzbekistonimizning xalqaro nufuzi yanada yuksaldi.
2024-yilda ham eng avvalo, yurtimizdan tinchlik- osoyishtalik, ahil-inoqlik va farovonlik, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin. Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va omadlar tilashdan mamnunmiz.
Yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi