Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 29-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyalari asosida tegishli hududiy saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Majlisda videokonferensaloqa orqali hududiy saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, majlisda ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish va bu jarayonlarda “E-saylov” axborot tizimini sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati