O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyalari raislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

01.09.2024

808

msk_yangiliklari_in

Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Milliy Mejlisga navbatdan tashqari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatishni boshladi.

 

Bugun Bokuda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayevning Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Panaxov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston MSK raisi Z. Nizamxodjayev Ozarbayjon davlati hayotidagi muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

U so‘nggi yillarda barcha darajadagi O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligining mutlaqo yangi bosqichini namoyish etadigan munosabatlarning ijobiy dinamikasiga va saylov sohasi ham shular qatoridan ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

 

“Ikki mamlakat saylov organlari o‘rtasida samarali hamkorlik rivojlandi va amalga oshirilmoqda. Saylov jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida tajriba, ma’lumot va ilg‘or amaliyotlar doimiy almashilmoqda. Hamkorlikning samarali shakllaridan biri bu milliy saylov kampaniyalari monitoringida ishtirok etish uchun kuzatuvchilarni o‘zaro taklif etishdir”, dedi Z.Nizamxodjayev.

 

 

O‘z navbatida, Ozarbayjon MSK raisi M. Panaxov O‘zbekiston delegatsiyasini navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘yicha xalqaro kuzatuv dasturida ishtirokini olqishlab, bu albatta mamlakatda erkin va demokratik saylovlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirib o‘tdi.

 

 

Shuningdek, saylovoldi tashviqot jarayonlari Saylov kodeksi talablari va demokratik tamoyillar asosida o‘tayotganligini ta’kidlab, M. Panaxov saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida amalga oshirayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov oshkora bo‘lib o‘tadi, jumladan, minglab saylov uchastkalarida o‘rnatilgan veb-kameralar orqali istalgan kishi saylov jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Translyatsiya MSK veb-sahifasida qo‘yib boriladi, uni nafaqat Ozarbayjon hududida, balki chet elda turgan holda ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

 

Shu bilan birga, saylov jarayonlarida 69 ta xorijiy davlatlarning 50 ta tashkilotidan jami 604 nafar xalqaro kuzatuvchilar, jumladan, YEXHT DIIHBdan 227 nafar, YEXHT PAdan 61 nafar, TurkPAdan 16 nafar, MDH Parlamentlararo Assambleyasidan 34 nafar hamda MDHdan 93 nafar. Saylov monitoringini, shuningdek 111 200 nafar mahalliy kuzatuvchilar va OAV vakillari amalga oshirishadi.

 

M. Panaxov xalqaro kuzatuvchilar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning saylov jarayoniga taklif etilishi Ozarbayjon hukumati va saylov tashkilotchilari faoliyatining maksimal shaffofligini va saylov jarayonining demokratikligini ta’minlash istagi sifatida baholanishini alohida qayd etib o‘tdi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlik yanada samaraliroq bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

MSK raisi Z.Nizamxodjayev Ozarbayjon OAVga intervyu berdi.

 

         

 

Markaziy saylov komissiyasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur