Sayt test rejimida ishlamoqda

22.03.2023

1485

msk_yangiliklari_in

2023-yil 23-mart kuni soat 15:00 da Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. 

Majlis kun tartibidan referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalarini tuzish hamda Markaziy saylov komissiyasining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar o‘rin olgan.

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur