2023-yil 18-yanvar soat 11:00da Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Majlis kun tartibidan
- Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida saylov kodeksining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi;
- Markaziy saylov komissiyasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi;
- 2023-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar o‘rin olgan.
Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.