30.06.2025

31

msk_yangiliklari_in

Jonajon Vatanimizda 30-iyun –  Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizning barcha yoshlarini ana shu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Yoshlar – har bir yurt va millatning ulkan boyligi, buyuk salohiyati, kuch-qudrati manbaidir. Barcha sohalar kabi milliy saylov tizimini ham yoshlarning faol ishtiroki,  zamonaviy bilimi va ko‘nikmalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

 

Mamlakatimiz yoshlari tomonidan erishilayotgan ulkan yutuqlar zamirida mustaqil O‘zbekistonda yosh avlodning puxta ta’lim-tarbiya olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishini samarali ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor mujassamdir. 

 

Bunday ulkan g‘amxo‘rlikning yuksak samaralari  Yangi O‘zbekistonni barpo etish, inson qadrini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishda Vatan va xalq ishiga doim tayyor, g‘ayrat-shijoatli, faol  yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotganida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. 

 

Kelajagimiz egalari bo‘lgan aziz yoshlarimizni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ bayram, azmu shijoat, go‘zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, baxt va omadlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur