Sayt test rejimida ishlamoqda

27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

27.06.2024

1005

msk_yangiliklari_in

Bugun mamlakatimizda  27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Bu ayyom nafaqat o‘z hayotini shu sohaga bag‘ishlagan fidoyi insonlar, balki ularning mashaqqatli ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo‘layotgan millionlab mushtariylar, tinglovchi va tomoshabinlar, butun jamiyatimiz uchun ham qadrlidir.

 

Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jarayonida o‘z ishining ustasi bo‘lgan  zahmatkash jurnalistlar,  barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarining mashaqqatli mehnati yuksak qadr topmoqda.

 

Ommaviy axborot vositalarining saylov va referendumlar jarayonlarini keng va xolis yoritish, saylovga oid qonunchilikni aholi o‘rtasida faol targ‘ib qilish, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni xalqaro demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish bilan bog‘liq ishlardagi kamarbastaligi tobora mustahkamlanib bormoqda.  

 

Ushbu shukuhli kunlarda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarini, yurtimizdagi barcha ijod ahlini ushbu ajoyib bayram bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Ularning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan qizg‘in faoliyati va ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘zlariga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omadlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur