O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida xorijda ovoz berish tartibi

 

Saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi

 

Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha turgan fuqarolar o‘zlarini saylovchilarning ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida quyidagi tartibda murojaat qilishlari mumkin:

 

ARIZALAR SHAKLI

 

YOZMA - tegishli O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalariga.

 

ELEKTRON

 

Tashqi ishlar vazirligining saylov.mfa.uz rasmiy veb-sayti orqali.

 

Nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni “E-saylov” axborot tizimi orqali olishingiz mumkin,

 

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari joylashgan manzil va aloqa ma’lumotlari bilan www.mfa.uz veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

 

Saylov uchastkasida ovoz berish

 

16–23 – oktabr | muddatidan oldin

 

ovoz berish kunlari

 

27 – oktabr | saylov kuni

 

Saylov uchastkasidan tashqarida ovoz berish

 

Diplomatik vakolatxona binosidan tashqarida muddatidan oldin ovoz berish 16-oktabrdan 23-oktabrgacha (saylovchilar zich joylashgan hududlarda) ko‘chma ovoz berish qutilari va kabinalaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.