Saylov byulletenini to‘ldirilgan holda yoki uni to‘ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi. Ushbu xatti-harakat saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir.
saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
Hurmatli saylovchilar! Sizdan yashirin ovoz berish prinsipiga amal qilishni, saylov byulletenini to‘ldirish jarayonini va to‘ldirilgan saylov byulletenini suratga yoki videoga olmaslikni hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslikni so‘raymiz.