Saylov jarayonlarini yorituvchi ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

 

OAV vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarda qatnashish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

 

OAV vakili saylov jarayonlarida qatnashishda saylov komissiyasining talabiga binoan o‘z akkreditatsiya guvohnomasini ko‘rsatishi shart.

 

Saylov komissiyalarining binolari (xonalari), majlislari va matbuot anjumanlarida akkreditatsiya guvohnomasi boshqalarga ko‘rinadigan tarzda doimo taqilgan bo‘lishi lozim.

 

Akkreditatsiya guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘rsatilgandagina haqiqiy hisoblanadi.