№1441 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida arxiv ishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1441                                                  2025-yil 18-iyul

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida arxiv ishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining idoraviy arxivi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Markaziy ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining idoraviy arxivi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-yanvardagi 1045-son va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-yanvardagi 1045-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev

 

1-ILOVA

2-ILOVA