№1436 Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining raisini va doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1436                                                  2025-yil 2-may

 

Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining raisini va doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 19 va 25-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tavsiyasiga binoan Toshniyozov Otabek Polvonovich Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining raisi, Buriboyev Azizbek Baxronovich Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi etib tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga hamda Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                   Z. Nizamxodjayev