№1424 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1424                                                  2024-yil 24-dekabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati va Matbuot xizmati to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 6-yanvardagi 1043-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA