№1334 “E-saylov” axborot tizimini amalga kiritish orqali ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1334                                                   2024-yil  29-may

 

 

“E-saylov” axborot tizimini amalga kiritish orqali ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

 

 

“E-saylov” axborot tizimini sinovdan o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 26 va 93-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 20-Paxtazor saylov okrugida, xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 27-Keles saylov okrugida va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 53-Turkiston saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi tayinlansin.

 

2. Mazkur bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024-yilning 30-iyun yakshanba kuni o‘tkazilsin.

 

3. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan saylov jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi tegishli munosabatlar “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilsin.

 

5. Ushbu qaror xalq deputatlari Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlariga, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA