O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1182 2022-yil 20-iyul
Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zoligiga nomzodlarning malakasini oshirish bo‘yicha ikkinchi bosqich seminar-treninglar muddati to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1173-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi ikkinchi yo‘nalishining ikkinchi bosqichi belgilangan seminar-treninglar referendumni tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin 20 kun ichida o‘tkazilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev