O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№ 1176 2022-yil 13-iyul
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini bajarilishini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatovga yuklansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev
Qaror ilovasi (yuklab olish)