Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi to‘g‘risida axborot

24.05.2023

2845

msk_yangiliklari_in

Bugun, 24-may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarini tuzish hamda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktyabrdagi 966-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan hamda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi.

Ushbu talablardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasining majlisida mamlakatimizning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi. 

Majlisda shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlari tuzildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Ekspert guruhi tarkibiga jami 36 nafar kriminalistxatshunos ekspert-mutaxassislari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarinodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining vakillari jalb etildi. Imzo varaqalarini tekshirishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ham ishtirok etadilar.

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan to‘rt kunlik muddatda tekshiriladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur