Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

  • Saylov kampaniyasi mafkurasi

    Muvaffaqiyatga erishishning u yoki usullariga moyillik. Ko‘pincha u strategik va taktikaviy umumiy manzarasi sifatida shakllanadi.

  • Saylov kampaniyasi

    Nomzodlar, nomzodga xizmat ko‘rsatayotgan jamoa, partiyalar va saylov birlashmalarining o‘z maqsadini amalga oshirish yo‘lida qilgan barcha xatti-harakatlar yig‘indisi; saylov kampaniyasi haqidagi Markaziy saylov komissiyasi qarori rasmiy e’lon qilingan kundan saylov natijalari rasmiy e’lon qilinadigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan faoliyat shakli.

  •  Saylov jarayoni

    Davlat organlariga saylovlardan avval va saylov vaqtida tashkil etiladigan turli tadbirlar.

  • Saylov

    Zamonaviy demokratiyaning muhim instituti, xalq o‘z xohish-irodasini bildirish hamda siyosiy jarayonlarda, jamiyat va davlat ishlarini boshqarish, shu jumladan, hokimiyat vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etishning asosiy vositalaridan biri.

  • Proporsional saylov tizimi

    Ko‘p mandatli saylov okruglarida tashkil etilgan saylovlarda foydalaniladi. Bunda saylovchi vakillik organlariga ko‘rsatilgan bitta nomzod uchun emas, balki partiyalar syezdida tasdiqlangan bir necha kishilik nomzodlar ro‘yxatiga ovoz beradi. Natijada tegishli organdagi o‘rinlar partiya olgan ovoziga qarab, proporsional ravishda taqsimlanadi. Ta’kidlash joizki proporsional saylov tizimi faqat kollegial organlarga (masalan, parlament) o‘tkaziladigan saylovlaridagina qo‘llanishi mumkin.

  • Plyuralizm

    (lot. pluralis – turlicha) – siyosiy partiyalarning o‘z manfaatlarini o‘z vakillari orqali amalga oshirish uchun tashkiliy tartib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega bo‘lishi. U jamiyatni demokratiyalash jarayonida rivojlanadi, ijtimoiy guruhlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fikrlar mavjudligini anglatadi.

  • Parlament

    (ingl. parlament, frans. parler gapirmoq va so‘zlamoq) – oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi.

  • Nomzodning jamoasi

    Saylov saylovoldi tashviqotini tashkil etish va uni boshqarishda nomzodga yordam beradigan ishonchli maslakdoshlar guruhi. Nomzodning jamoasi g‘alabaga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarini yagona maqsad sari sarflashga tayyor bo‘lgan insonlarning norasmiy tuzilmasi.