• Partiya bilan identifikatsiya

    Siyosatshunoslar tomonidan saylovchilarning siyosiy partiya bilan bog‘liqligini his qilish uchun ishlatiladigan harakatlar yig‘indisi.

  • Pozitsiyalash

    (lot. “positio” – holat, vaziyat) – marketologlar tomonidan maqsadli auditoriya ongida biron-bir mahsulot, kompaniya yoki shaxs qiyofasini turli taktikalar yordamida shakllantirish.

  • Populizm

    (lot. populus) – xalq ehtiroslari va ehtiyojlaridan foydalanib, ularni aldash yolg‘on va’dalar bilan o‘z siyosiy maqsadlariga erishish, obro‘ga erishish o‘yinlari.

  • Reddit

    Forum va ijtimoiy tarmoq jihatlarini o‘zida qamrab olgan, faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar savollar qo‘yishi va muhokamada ishtirok etishi mumkin bo‘lgan veb-sayt.

  • Siyosat

    Jamiyat hayoting xilma-xil sohalarda ro‘y beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyat va vosita.

  • Siyosiy jarayonlar

    Turli siyosiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, individlar munosabati sifatida namoyon bo‘ladi.

  • Siyosiy ishtirok

    (ingl. particioation) – fuqarolarning siyosiy nomzodlarni tanlash va siyosiy qarorlar qabul qilish va jamiyat hayotiga joriy etishda fuqarolar ishtiroki.

  • Siyosiy marketing

    Nomzodning fazilati yoki partiya sifatini oshirib ko‘rsatishga qaratilgan, ular shaxsini me’yoridan ortiqcha bo‘yab ko‘rsatuvchi oddiy siyosiy reklama emas, balki elektorat manfaatlarini ta’minlash, rozi qilish orqali aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishga erishish maqsadida ularning liderlik salohiyatini, haqiqiy axloqiy sifati va obro‘-e’tiborini ochib berishga qaratilgan jarayon.