Ko'p beriladigan savollar (FAQ)

  • s Saylov byulleteni qaysi tilda nashr etiladi?

    j

    Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek tegishli hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli hudud aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda chop etiladi.

     

    Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.

  • s Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi saylovida saylov byulleteni qanday shaklda bo‘ladi?

    j

    Saylov kodeksi 31-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

     

    Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni namunasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

     

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-sentabrdagi 1375-son qarori bilan 27 oktabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni va tavsifini tasdiqlangan.

  • s Xalqaro kuzatuvchilarning ovoz berish jarayoniga oid shikoyati qay tartibda va kim tomonidan ko‘rib chiqiladi?

    j

    Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19 sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga muvofiq agar saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.

     

    Shuningdek, Saylov kodeksi 102-moddasiga kuzatuvchilar (xalqaro kuzatuvchilar) saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.

     

  • s Xalqaro kuzatuvchilarning ovoz berish jarayoniga oid shikoyati qay tartibda va kim tomonidan ko‘rib chiqiladi?

    j

    Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 19 sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga muvofiq agar saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.

     

    Shuningdek, Saylov kodeksi 102-moddasiga kuzatuvchilar (xalqaro kuzatuvchilar) saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin.

  • s Xalqaro kuzatuvchilar ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etmaslik holatlari ham bo‘lishi mumkinmi?

    j

    Saylov kodeksining 8-moddasiga muvofiq saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.

     

    Boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ovozlarni sanab chiqish jarayonlarini kuzatishi yoki kuzatmasligi xalqaro kuzatuvchilar tarkibiga rahbarlik qiluvchi missiyalar tomonidan mustaqil belgilanadi.

  • s Saylov kuniga yaqin jazo muddatini o‘tab bo‘lgan fuqaro saylovda ishtirok eta oladimi?

    j

    Saylov kodeksining 5-moddasiga muvofiq Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

     

  • s Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibiga haq to‘lanadimi?

    j

    Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 27-bandiga muvofiq Saylov jarayonlarida saylov komissiyasi a’zolari bo‘lgan, lekin doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga, pensionerlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq saylov komissiyasi raisiga 9-razryad bo‘yicha, saylov komissiyasi rais o‘rinbosariga 8-razryad bo‘yicha, saylov komissiyasining kotibi va boshqa a’zolariga 4-razryad bo‘yicha ish haqi hisoblanadi.

     

    Yo‘riqnomaning 28-bandiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Reaspublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik kompensatsiya (transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun) to‘lab beriladi.

     

    Ammo saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi hisoblanganda ularga kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

  • s Taklifnoma berilmagan bo‘lsa ham saylovda qatnashish mumkinmi?

    j

    Saylov kodeksi 51-moddasiga muvofiq Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qilishi kerakligi belgilangan, ammo aynan fuqarolarga taklifnoma tarqatish orqali xabardor qilish tartibi mavjud emas saylovga chaqiruv taklifnomalari saylovchilarning saylovda faolligini oshirish maqsadida tarqatiladigan axborot materiali bo‘lib, taklifnoma berilmasligi fuqarolarning saylov huquqini cheklamaydi.

     

    Saylov kodeksining 4-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.

  • s Uchastka saylov komissiyasi saylovchilardan pasport ma’lumotlarini olishga haqqi bormi?

    j

    Saylov kodeksining 52-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 2 iyuldagi 1343-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 62-bandiga muvofiq saylovchi saylov kuni ovoz berish binosiga kelgach, uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi (pasport, identifikatsiya ID-karta, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma).

     

  • s Nomzodning yaqin qarindoshlari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishi mumkinmi?

    j

    Saylov kodeksining 25-moddasiga ko‘ra nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

  • s Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldira olmaydigan shaxs nima qiladi?

    j

    Saylov kodeksi 55-moddasiga muvofiq Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

  • s Saylov kuni 18 yoshga to‘ladigan fuqaro saylovda ishtirok eta oladimi?

    j

    Saylov kodeksining 4-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.