Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 11 sentabrdagi 936-son qarori bilan tasdiqlangan Nomzodlarning ishonchli vakillari to‘g‘risida nizomning 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod 10 nafargacha, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod 5 nafargacha, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod 3 nafargacha ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarosi nomzodning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 19 sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizom talabiga muvofiq xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK besh kunlik muddatda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 19 sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risida nizomga muvofiq siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovida — hududiy saylov komissiyasiga murojaat qiladi.
Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 28-bandiga muvofiq Kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish saylov kuniga uch kun qolganga qadar to‘liq ta’minlanadi.
Saylov a’zolariga oylik maoshlari esa imzo huquqiga ega saylov komissiyalari raislari va hokimliklar bosh buxgalterlari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha saylov komissiyalari a’zolariga to‘lanadi.
Saylov kodeksiga kiritilgan so‘ngi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. (Saylov kodeksi 5-modda)
Saylov kodeksi 56-moddasiga muvofiq ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.
Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo‘lishi mumkin.
Saylov kodeksi 55-moddasiga muvofiq Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
Yo‘q, Saylov kodeksi 97-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi).
Mahalliy Kengashga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi (hududiy va tuman saylov komissiyasi) tomonidan saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi va matbuotda e’lon qilinadi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hammaga ma’lum qilinadi.
Yo‘q, ishtirok eta olmaydi. Saylov kodeksining 4-moddasiga ko‘ra saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.
Salov kodeksi 60-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov o‘tmagan yoxud saylov okrugi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
deputatlar saylovlarida nomzodlarga eng ko‘p yoqlab berilgan ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oylik muddat ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 129-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tuziladi.
Salov kodeksi 11-moddasiga muvofiq Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalaridan va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Saylov komissiyalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Saylov komissiyalari va ularning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Salov kodeksi 102-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin
Saylov kodeksining 35-moddasiga muvofiq, ommaviy axborot vositalarining vakillari (MSK tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan OAV vakillari) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19 sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Nizomning 12-bandiga muvofiq Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.