№1438 Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1438                                                  2025-yil 6-may

 

 

Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

 

 

Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 93-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Ayrim saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi ilovaga muvofiq tayinlansin va belgilangan muddatlarda o‘tkazilsin.

 

2. Belgilab qo‘yilsinki, bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 25-martdagi 1433-son va 1434-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda davlat hokimiyati vakillik organlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga deputatlar saylovini tayinlash va o‘tkazish tavsiya etilsin.

 

4. Ushbu qaror nusxasi tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga, hokimliklariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

5. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                    Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA (yuklab olish)