№1433 Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasining namunaviy shaklini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1433                                                  2025-yil 25-mart

 

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasining namunaviy shaklini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 98-100-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga asosan amalga oshirilishi belgilanganligi e’tiborga olinsin.

 

2. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlari deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasining namunaviy shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalari belgilangan tartibda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tuzsin hamda uni tegishli davlat hokimiyati vakillik organi tasdiqlashi uchun kiritib borsin.

 

4. Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlari bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini tasdiqlasin hamda unda nazarda tutilgan mablag‘larni o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin.

 

5. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar Kengashlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi a’zosi A. Ibodullayev zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA