№1428 Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1428                                                  2025-yil 13-fevral

 

Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida

 

Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 26 va 93-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 16-Gulsanam saylov okrugida, xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 11-Paxtakor saylov okrugida, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining 24-Chorbaxossa saylov okrugida, xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining 20-Kumushkent saylov okrugida, xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 16-Nurafshon saylov okrugida, xalq deputatlari Qorovulbozor tumani Kengashining 1-Tinchlik saylov okrugida, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 1-Gulobod saylov okrugida, xalq deputatlari Yozyovon tumani Kengashining 17-Qotortol saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi tayinlansin.

 

2. Ayrim saylov okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 1-ilovaga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkazilsin.

 

3. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-fevraldagi 1427-son qarorining 1-ilovasidagi 6 – 9-pozitsiyalarining “Saylov kuni” ustunidagi “2025-yil 30-mart” degan so‘zlar “2025-yil 13-aprel” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

 

5. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan saylov jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi tegishli munosabatlar “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilsin.

 

6. Ushbu qaror xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek, Vobkent, Peshku, Qorovulbozor, G‘ijduvon, Qiziriq, Sho‘rchi, Denov, Yozyovon tumanlari, Kogon va Buxoro shahar Kengashlariga, Mirzo Ulug‘bek, Vobkent, Peshku, Qorovulbozor, G‘ijduvon, Qiziriq, Sho‘rchi, Denov, Yozyovon tumanlari, Kogon va Buxoro shahar hokimliklariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

7. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti va boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

 

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA 1

ILOVA 2