№1408 Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1408                                                  2024-yil  19-oktabr

 

Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 35-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Quyidagilar:

 

mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari 1-ilovaga muvofiq;

 

xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 2-ilovaga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkazilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmati (M. Alimbayev) akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun belgilangan namunadagi guvohnomalar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA 1

 

ILOVA 2