№1386 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzurida tezkor axborot berish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1386                                                  2024-yil  23-sentyabr

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzurida tezkor axborot berish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga (keyingi o‘rinlarda – saylov) tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali ko‘rib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 14 va 101-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzurida tezkor axborot berish markazi (keyingi o‘rinlarda – “Call-center”) tashkil etilsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi tezkor axborot berish markazi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

3. Belgilansinki, “Call-center” Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 1-uyda (Ma’rifat markazi, Simpoziumlar saroyi binosi) joylashtiriladi hamda 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab saylov natijalari e’lon qilinadigan kunga qadar faoliyat olib boradi.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki kun muddatda:

 

respublika hududi bo‘ylab fuqarolar tomonidan “Call-center”ga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ishlaydigan ko‘p tarmoqli va qisqa raqamli alohida aloqa liniyasi ajratilishini;

 

“Call-center” faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur texnika vositalari (kompyuter, printer, skaner, telefon apparati, quloqchin, mikrofon, LED-monitor va boshqa zarur vositalar) bilan jihozlanishini, shuningdek ularni telekommunikatsiya tarmoqlariga (telefon aloqasi va yuqori tezlikdagi Internet) ulanishini ta’minlasin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari (A. Ro‘ziyev):

 

Axborot xizmati (M. Alimbayev) tomonidan “Call-center” tashkil etilganligi va uning qisqa raqamlari haqida fuqarolar xabardor qilinishini;

 

Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi (I. Xadjiyev) tomonidan “Call-center” faoliyati ustidan doimiy monitoring yuritib borilishi nazorat qilinishini ta’minlasin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.

 

7. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                                 Z. Nizamxodjayev

 

QARORGA ILOVA 

 

NIZOMGA ILOVA 1

 

NIZOMGA ILOVA 2