O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni, Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Z.Nizamxodjayevni davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari, saylov tizimini takomillashtirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ularni ustoz-shogird an’analariga ko‘ra tarbiyalash borasida amalga oshirgan ishlari yuksak e’tirof etilgani munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.