OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI DIQQATIGA

23.03.2023

3048

msk_yangiliklari_in

2023-yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy va mahalliy OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

 

Akkreditatsiyadan oʻtgan OAV vakillarining vakolatlari MSK tomonidan berilgan guvohnomalar bilan tasdiqlanadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining referendumini yoritish uchun xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 30-avgustdagi 1185-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.

 

OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalar 2023-yil 19-aprel soat 18:00 ga qadar (referendum oʻtkazilishiga kechi bilan oʻn kun qolguniga qadar) saylov@umail.uz elektron manzil orqali qabul qilinadi.

 

MAHALLIY OAV UCHUN

 

OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar MSKga elektron shaklda taqdim etiladi.

 

1. OAV rahbari tomonidan imzolangan ariza (pdf formatda).

 

Arizada akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi.

 

ARIZA SHAKLINI YUKLAB OLISH

 

2. Akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki fuqarolik pasportning foto suratli beti) nusxasi (pdf formatda).

 

3. OAVning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi (pdf formatda).

 

4. Har bir OAV vakili uchun toʻldirilgan akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi (pdf formatda).

 

ANKETA SHAKLINI YUKLAB OLISH

 

5. Xodimning elektron rangli fotosurati, oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda (fayl jpeg formatda, kamida 100 KB hajmda, piksel zichligi 600dri, koʻpi bilan 90 kun oldin tushirilgan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi kerak, fayl nomi suratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak). Fotosuratning sifati guvohnomada ishlatish uchun yaroqli boʻlishi kerak.

 

XORIJIY OAV UCHUN

 

Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar MSKga elektron shaklda taqdim etiladi.

 

1. Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli OAV muxbirlik punkti (byurosi, ofisi) rahbari imzolagan murojaat (pdf formatda).

 

Murojaatda akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatiladi.

 

2. Akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pdf formatda).

 

3. Har bir OAV vakili uchun toʻldirilgan akkreditatsiyadan oʻtkazish anketasi (pdf formatda).

 

ANKETA SHAKLINI YUKLAB OLISH

 

4. TIV tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi (pdf formatda).

 

5. Xodimning elektron rangli fotosurati, oq fonda, 3x4 sm oʻlchamda (fayl jpeg formatda, kamida 100 KB hajmda, piksel zichligi 600dri, koʻpi bilan 90 kun oldin tushirilgan boʻlishi hamda xodimning yuzi va yelkalarining yuqori qismi koʻrinib turishi kerak, fayl nomi suratdagi shaxsning familiyasi va ismidan iborat boʻlishi kerak). Fotosuratning sifati guvohnomada ishlatish uchun yaroqli boʻlishi kerak.

 

Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan oʻtmagan xorijiy OAV vakillari referendumni yoritish maqsadida TIVga murojaat qiladilar.

 

Eslatib oʻtamiz:

 

OAV vakillari vakolat muddati ularga akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanadi va referendum yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi;

 

OAV vakili referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning binolari (xonalari), majlislari, matbuot anjumanlarida va boshqa tadbirlarida akkreditatsiya guvohnomasini boshqalarga koʻrinadigan tarzda doimo taqqan boʻlishi kerak.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur