Markaziy saylov komissiyasi Raisi xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashdi

27.10.2024

1276

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish bo‘yicha kuzatuvchilar missiyasi va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi

 

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari N.Yermekbayev hamda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Merey Mukajan bilan uchrashdi.

 

   

 

 

        

 

Uchrashuvda, 2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar, joriy yilda bo‘lib o‘tiladigan saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berib o‘tildi.

  

 

Shuningdek, muloqot jarayonida saylovlarni ochiq va oshkora o‘tkazishda xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi muhim omil sifatida qaralayotgani, shu bois xalqaro saylov kuzatuvi butun dunyoda qabul qilinib, umume’tirof etilgan inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga rioya etilishini ta’minlashda muhim vazifalardan biriga aylanganligiga ta’kidlandi.

 

 

     

 

O‘z o‘rnida xalqaro kuzatuvchilar ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi barcha ishlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov qonunchiligiga qat’iy rioya qilingan holda tizimli ravishda muvofiqlashtirilib borilayotgani, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi e’tirof etib o‘tildi.

 

   

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur