Saylov qonunchiligi va amaliyotida yangicha yondashuv

21.08.2024

563

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev va komissiya a’zolari Aleksandr Farmanov, Xalmuxammed Paluaniyazovlar Chirchiq davlat pedagogika universitetida Toshkent viloyatidan tanlab olingan 86 nafar hududiy trenerlar uchun tashkil etilgan uch kunlik o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini borib ko‘rdi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolari saylov qonunchiligi va amaliyoti, shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni oshirmoqda.

 

 

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolari saylov qonunchiligi va amaliyoti, shuningdek, ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni oshirmoqda. Qayd etilganidek, ushbu saylovlar Konstitutsiyada belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olib mashg‘ulotlar, aralash saylov tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi saylovlardan farqi, saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari kabi muhim mavzularda fikr almashildi. 

 

 

 

Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurafshon shahridagi Toshkent viloyati Hududiy saylov komissiyasi binosida bo‘lib komissiyaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

 

   

 

Z.Nizamxodjayev Toshkent viloyati Hududiy saylov komissiyasi binosida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek,  joylarda saylov uchastkalarini jihozlash va saylovchilarga zarur qulayliklar yaratish borasida muhim tavsiya va fikr mulohazalar bildirib o‘tdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur