Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Markaziy saylov komissiyasi, adliya boshqarmasi vakillari, tuman va shahar partiya faollari hamda deputatlar ishtirok etdilar.