O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi vakillari AQSH prezidentlik saylovlarida saylov uchastkalariga tashrif buyurdilar

06.11.2024

1241

msk_yangiliklari_in

5-noyabr kuni O‘zbekiston MSK delegatsiyasi a’zolari 2024-yildagi AQSH Xalqaro saylov dasturlari doirasida Vashington, Merilend va Kolumbiya okrugi hududidagi saylov uchastkalariga tashrif buyurdilar.

 

 

 

 

AQSH qonunchiligiga muvofiq, uchastka saylov organlari (saylov komissiyalari; saylov byurolari va boshqalar) ko‘ngillilarni faol jalb etgan holda siyosiy partiyalar vakillari tarkibida shakllantiriladi.

 

Uchastka saylov organlarining tarkibi shtatga qarab farq qiladi: ba’zi shtatlarda ular faqat bitta, ya’ni hukmron siyosiy partiya vakillaridan tarkib topgan bo‘lsa, boshqa shtatlarda (xususan, 20 nafar shtatda va Kolumbiya federal okrugida) ikki partiyali yoki butunlay partiyaviy bo‘lmagan (partiyasiz) uchastka saylov organlaridir.

 

Bir binoda joylashgan bir nechta uchastka saylov organlari elektoral markaz deb ataladigan markazga birlashtirilishi mumkin.

 

 

 

 

AQSH saylov jarayoni saylovchilarni ro‘yxatga olish, ovozlarni sanab chiqishning texnik vositalari va boshqa texnologik vositalardan foydalangan holda saylovchilar tomonidan ovoz berish kabi zamonaviy saylov texnologiyalari hamda, ovozlarni sanab chiqish va saylov natijalarini aniqlashda saylov jarayonini avtomatlashtirishga asoslangan.

 

Joriy saylovlar davomida saylovchilarning qariyb 70% saylov byulletenlari skanerlari kabi ovozlarni sanab chiqishning texnik vositalari, 25% – elektron ovoz berish majmualari va 5% - saylovchilarning xohish-irodasini qog‘ozda tasdiqlamasdan byulletenlarni qayta ishlash komplekslari qo‘llaniladigan saylov hududlarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ba’zi saylov yurisdiksiyalarida ovoz berishning ushbu texnik vositalari faqat jismoniy imkoniyatlari cheklangan saylovchilarga taqdim etiladi.

 

 

Saylov uchastkalariga tashrif davomida delegatsiya a’zolari Merilend shtati Montgomeri okrugi hamda Vashington shahri saylov komissiyalari raislari va a’zolari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlar chog‘ida saylov komissiyalari a’zolari o‘zlarining faoliyati va tegishli hududdagi saylov tizimi xususiyatlari to‘g‘risida gapirib berishdi.

 

 

 

 

IFESning Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Klara Koul moderatorligida munozara bo‘lib o‘tdi. Unda ma’ruzachi sifatida Amerika davlatlari tashkilotining hamkorlik va saylovlarni kuzatish masalalari bo‘yicha direktori Xerardo De Ikaza, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) Saylov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Ulvi Axundlu ishtirok etdi.

 

Munozara davomida asosiy e’tibor DIIHBning AQSHda 2024-yildagi saylovlar monitoringini tashkil etish va o‘tkazish xususiyatlariga qaratildi.

 

 

Shu kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi a’zolari Maykrosoft ofisida “Saylovlarda manfaatdor tomonlar uchun Microsoft Deepfake: ichki ko‘rinish” mavzusidagi treningda ishtirok etdilar.

 

Trening davomida ikkita mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, 2024-yilda Maykrosoft Sun’iy intellekt sohasida saylov shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari doirasida butun dunyo bo‘ylab minglab siyosiy va saylov arboblarni dipfeyk bilan ishlashga o‘rgatdi. Treningda dipfeyk konsepsiyasi, ularning saylovlarga ta’siri, shuningdek, tashkilotlar o‘zlarini qanday himoya qilishlari va ularga javob berishlari mumkinligi haqida so‘z yuritildi. Mazkur sessiyada 2024-yili butun dunyo bo‘ylab saylovlarda sun’iy intellektdan foydalangan holda haqoratli kontentdan foydalanishning umumiy tahlili va ushbu muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqilayotgan texnik yechimlar muhokama qilindi.

 

 

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining Vashingtonga tashrifining ikkinchi kuni yakunida YEXHT DIIHB Saylov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Ulvi Axundlu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Delegatsiya a’zolari saylov uchastkalarining yopilishi va ovoz berish kuni natijalarini ko‘rish tadbirlarida ham ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur