20.04.2023

3674

msk_yangiliklari_in

OAV VAKILLARI QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:

Referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish;

referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning majlislarida hozir bo‘lish;

referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlari nusxalarini OAVda yoritish uchun olish;

muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;

referendum kuni ovoz berish xonalarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqishda hozir bo‘lish;

referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasdan va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalarida tashkil etilgan referendum uchastkalari bundan mustasno);

fuqaroning turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonida hozir bo‘lish;

referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasi tomonidan uchastka komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olishi hamda okrug bo‘yicha ovoz berish yakunlarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;

referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega.

OAV vakili qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

 

OAV VAKILLARIGA QUYIDAGILAR MAN ETILADI:

konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi axborotlarni tarqatish;

ovoz beruvchilarga taʼsir o‘tkazish, qonunga xilof ravishda biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;

ovoz beruvchi ovoz berish byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;

ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;

referendum kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, referendum natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.

YODDA TUTING!

OAV vakili O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining referendumida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur