Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“E-saylov” axborot tizimida ishlash tartibiga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari tashkil etildi

19.07.2024

4381

msk_yangiliklari_in

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “E-saylov” axborot tizimi ishlab chiqilib, test rejimida ishga tushirildi.

 

Mazkur axborot tizimi saylovlarni samarali tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa harakatlarni elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan “E-saylov” axborot tizimining reglamenti loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra barcha darajadagi saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar Kengashlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman, shahar hokimliklari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi “E-saylov” axborot tizimidan foydalanuvchilar hisoblanadi.

 

Foydalanuvchilarining “E-saylov” axborot tizimida samarali foydalanishi bo‘yicha nazariy bilimlarini shakllantirish va tizimda ishlash tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, Markaziy saylov komissiyasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida ikki kunlik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

 

Ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning dastlabki respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari raisining o‘rinbosarlari va kotiblari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining kotibiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul xodimlari, Raqamli texnologiyalar vazirligining mutaxassislari, siyosiy partiyalar markaziy kengashlarining apparat xodimlari qatnashdi.

 

Tinglovchilar tizim foydalanuvchisi sifatida Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘zlari bevosita amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlarni, jumladan axborot tizimida murojaat, so‘rovnomani yaratish, yuborish, ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish kabi harakatlarni bevosita bajarish orqali amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishdilar.   

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur