O‘ZBEKISTONDA MDH PARLAMENTLARARO ASSAMBLEYASINING 54-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

28.10.2022

3184

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 28 oktyabr kuni Samarqand shahrida ilk bor MDH Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibidan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda saylov jarayonlarini qonunchilik bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda kinematografiya va teatr sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir qonunchilik normalarini ishlab chiqish kabi masalalar o‘rin olgan.

MDH PA ishtirokchi davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va ekspertlar hamda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev qatnashdi.

Z.Nizamxodjayev “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda saylov jarayonlarini qonunchilik bilan ta’minlash” mavzusiga bag‘ishlangan nutqida MSKning tashabbusi bilan MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlarining maslahat Kengashi tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilganidek, mazkur Kengash MDHga a’zo davlatlarda demokratik saylov standartlari, saylov huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi Konvensiyaning asosiy qoidalarini amaliyotga tatbiq etishning mantiqiy davomi bo‘la oladi, xususan, ishtirokchi davlatlarining qonunchiligi va xalqaro majburiyatlari doirasida saylov va referendum o‘tkazish tajribasini hisobga olgan holda ularda saylov jarayonini takomillashtirishga ko‘maklashish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadlariga xizmat qiladi.

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur