Qadrli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34-yillik shonli bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Milliy istiqlolimiz bugungi kunda ko‘p millatli butun xalqimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek buyuk maqsad yo‘lida birlashtirib, yangi yutuq va marralar sari ilhomlantirmoqda.
Albatta, bunday muvaffaqiyatlarning barchasi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan milliy saylov tizimini tubdan isloh qilish, yanada demokratlashtirish, fuqarolarga qulaylik va erkinliklar yaratish bo‘yicha sobitqadamlik bilan olib borilayotgan izchil siyosatning yuksak samaralarida ham o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan eng ulug‘ va muqaddas bayramimiz shukuhi oilalarimiz davrasida, qalblarimizda chinakam ozodlik va saodat ayyomi sifatida davom etaveradi.
Betakror yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va farovonlik, hayotingizdan, xonadoningizdan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin. Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Vatanimiz mustaqilligi abadiy bo‘lsin!
Markaziy saylov komissiyasi