OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI DIQQATIGA

26.09.2024

3933

msk_yangiliklari_in

2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy va mahalliy OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

 

Akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida xorijiy va mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktyabrdagi 952-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan.

 

OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalar 2024-yil 16-oktyabr soat 18:00 ga qadar (saylovga kamida o‘n kun qolguniga qadar) “E-saylov” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

 

MAHALLIY OAV UCHUN

 

Mahalliy OAVlar o‘z vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun “E-saylov” axborot tizimi ( https://e-saylov.uz ) orqali MSKga murojaat yuboradilar.

 

Mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda “E-saylov” axborot tizimidan foydalanish to‘g‘risidagi qo‘llanmani yuklab olishingiz yoki video qo‘llanma bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

 

 QO‘LLANMANI YUKLAB OLISH 

 

“E-saylov” axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan o‘tish bo‘yicha video qo‘llanma

 

 

XORIJIY OAV UCHUN

 

Xorijiy OAV vakillari, shu jumladan Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasidan akkreditatsiyadan o‘tish uchun “E-saylov” axborot tizimi ( https://media.e-saylov.gov.uz ) orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat jo‘natadi.

 

Xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda “E-saylov” axborot tizimidan foydalanish to‘g‘risidagi qo‘llanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

 

 QO‘LLANMANI YUKLAB OLISH 

 

 

Eslatib o‘tamiz:

 

OAV vakillari vakolat muddati ularga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.

 

OAV vakillari saylov komissiyalarining binolari (xonalari), majlislari, matbuot anjumanlarida va boshqa tadbirlarida akkreditatsiya guvohnomasini boshqalarga ko‘rinadigan tarzda doimo taqqan bo‘lishi kerak.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur