MSK raisi Z.Nizamxodjayev Navoiy viloyatida bir guruh mahalla faollari hamda talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

10.09.2024

384

msk_yangiliklari_in

Navoiy davlat pedagogika institutida tashkil etilgan uchrashuvda Navoiy shahridagi MFY raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning afzalliklari,  saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylov tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan so‘z yuritdi.

 

                     

 

Bu yilgi saylovlar mazmunan yangi bo‘lishi bilan bir qatorda, saylovlarda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda milliy saylov tizimiga “E-Saylov” axborot tizimining joriy etilgani bu yilgi saylovlardagi muhim yangiliklardan biri ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlardagi deputatlik o‘rinlari soni aholi sonidan kelib chiqqan holda belgilanishi aytib o‘tildi. Mazkur yangilik Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahri misolida ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuvda ishtirok etganlar saylov qonunchiligi va jarayonlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur