O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan bir guruh mehnat faxriylari «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Raximova Gulnoza Abdusattarovna ham 1-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. Shu munosabat bilan, Markaziy saylov komissiyasi jamoasi Gulnoza Abdusattarovnani samimiy muborakbod etadi.
Gulnoza Raximovaga komissiya faoliyati rivojiga qo‘shayotgan hissasi, jonkuyarligi va tashabbuskorligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.