30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi.
Jumladan, komissiya aʼzosining bir nechta byulletenni o‘zi to‘ldirayotganligi hamda ular tomonidan byulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi xatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘yadi.
Shu sababli, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topildi.