Markaziy saylov komissiyasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.07.2023

2241

msk_yangiliklari_in

Bugun, 7-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ular qatorida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh Kotibi S.Lebedev hamda MDH PA Bosh kotibi, MDH PA Kotibiyati rahbari D.Kobiskiy boshchiliklarida missiyalar va Belorus Respublikasi MSK Raisi I.Korpenko rahbarligida delegatsiya tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda 9-iyul kuni o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

 

Kuzatuvchilar tomonidan saylovchilarning saylovga oid axborotlar bilan yuqori saviyada taʼminlanganligi, bir qator saylov uchastkalarida biometrik-identifikatsiya qurilmalaridan tajriba sinov tariqasida foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi alohida eʼtirof etildi.

 

Taʼkidlash joiz, xalqaro tashkilotlardan va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchi kuzatuvchilar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar O‘zbekistonga tashrifi mobaynida saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlari yuzasidan tegishli xulosalar va tavsiyalari beradi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur