Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi yuzasidan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

09.11.2023

1304

msk_yangiliklari_in

2023-yil 9-noyabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 1-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

 

 

Unda Markaziy saylov  komissiyasining  aʼzosi Suyarjon Qurbanqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Nosirjon Aminov, Adliya vazirligi tuman boʻlimi rahbari, tuman mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borishayotgan xotin-qizlar faollari, maktab oʻqituvchilari , yoshlar yetakchilari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.Uchrashuvda mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida oʻtkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

 

Mazkur targʻibot tadbirida 120 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur